Huawei 1
Axios: Isroil hujumi Eronda ballistik raketalar ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi

Isroil armiyasining 26-oktyabrga o‘tar kechasi uyushtirgan hujumi Eronning ballistik raketa ishlab chiqarish dasturining asosiy tarkibiy qismini ishdan chiqardi. Bu haqda Isroil manbalariga tayanib, Axios portali xabar berdi.

Yo‘q qilingan uskunalar Eronning raketa arsenalini tezda to‘ldirishni cheklab qo‘ygan. Shuning uchun Tehron Isroilga raketa hujumlarini amalga oshirmasligi mumkin, deydi suhbatdoshlar.

Isroil zarbalari uzoq masofali raketalar uchun qattiq yonilg‘i ishlab chiqarishda foydalaniladigan 12 ta “planetar aralashtirgich”ni (smesitel) ishdan chiqardi, deyiladi xabarda.

Hujumga uchragan obyektlar Eronning o‘zi mustaqil ravishda ishlab chiqara olmaydigan “g‘oyat murakkab uskunalar” hisoblanadi. Manbalarning ta’kidlashicha, Eron tomonidan bunday uskunalar Xitoydan xarid qilinadi. Obyektlarni tiklash taxminan bir yil vaqt olishi mumkin.

Eron hali ham katta raketa zaxiralariga ega bo‘lsa-da, ishlab chiqarishning majburiy qisqarishi “Hizbulloh” va Yaman husiylarining zaxiralarini to‘ldirishga imkon bermaydi.

Hujum paytida Eronning yadro obyektlarini himoya qilgan to‘rtta S-300 havo mudofaasi batareyasi yo‘q qilingani aytilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102722 | Инструменты