Huawei 1
Isroilda yuk mashinasi harbiy baza yonida bir guruh odamlarni bosib ketdi

Isroilda bugun, 27 oktyabr kuni yuk mashinasi armiya harbiy bazasi yaqinidagi avtobus bekatida bir guruh odamlarni bosib ketdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Oqibatda 30 ga yaqin kishi jarohatlandi. “Deutsche Welle” qutqaruv xizmatlari Tel-Aviv shimolidagi Ramat-Hasharon shahrida sodir bo‘lgan fojiada kamida 24 kishi jabrlangani, ularning 6 nafari jiddiy jarohat olganini yozgan.

“The Times of Israel” nashri esa kamida 35 kishi shifoxonaga yotqizilganini xabar qildi. Unda olti kishining ahvoli og‘ir, 5 kishining ahvoli o‘rtacha og‘ir, 20 kishining tan jarohati yengil, yana 4 kishi stress holatida ekani aytiladi.

BBC'ga ko‘ra, yuk mashinasi avtobus bekatida tushgan o‘nlab odamlarni urib yuborgan. Yaradorlardan sakkiz nafari yuk mashinasi ostida qolib ketgan.

Xabar qilinishicha, jarohatlanganlarning ko‘pchiligi yaqin atrofdagi muzeyga bir kunlik sayohatga chiqqan nafaqaxo‘rlardir. Isroilning markaziy qismidagi Kalansua shahridan isroillik arab millatiga mansub Rami Natur ismli yuk mashinasi haydovchisi voqea joyida tinch aholi tomonidan otib o‘ldirilgan.

Politsiya uchun mas’ul bo‘lgan o‘ta o‘ng qanot Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir hujumda gumon qilingan oilani Isroildan deportatsiya qilishga chaqirgan. Politsiya hodisani terakt deb taxmin qilmoqda. Huquq-tartibot organlari voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102722 | Инструменты