Huawei 1
«Trami» to‘foni sabab Filippinda 5,7 million kishi uyini tashlab ketdi

Filippin shimoli-sharqida «Trami» to‘foni sabab kuzatilayotgan kuchli yomg‘ir, suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 85 kishiga yetdi.

Manila Times gazetasining mamlakat Fuqarolik mudofaasi byurosiga tayanib yozishicha, qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortishi mumkin.

Tabiiy ofat tufayli 5,7 million kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi, 92 mingga yaqini esa vaqtinchalik yashash markazlarida, deya ma’lum qildi Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashi.

«To‘fon oqibatlari tufayli 27 mingdan ortiq uy, 520 ta yo‘l va 84 ta ko‘prik zarar ko‘rgan», – deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102800 | Инструменты