Huawei 1
Toshkentda o‘tgan konkur bo‘yicha turnirda ikki o‘zbekistonlik sovrindor bo‘ldi

Toshkentda konkur bo‘yicha «Jumping world challenge final» turniri o‘z yakuniga yetdi. Bir necha kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda dunyoning 11 mamlakatidan tashrif buyurgan 20 nafardan ortiq mohir chavandoz g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikki dasturda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Kichik final dasturida Akbar Sharipov eng yaxshi natijani qayd etgan bo‘lsa, Mirzohid Musayev katta final yo‘nalishida bosh sovringa ega chiqdi.

Kichik final, 115 sm (to‘siq balandligi)

  • Akbar Sharipov (O‘zbekiston, «La Blue Rouge» laqabli otda)
  • Kristi Neyr (Singapur, «La Luna»)
  • Divan Bosman (JAR, «Queen»)

Katta final, 120 sm:

  • Mirzohid Musayev (O‘zbekiston, «Casamira»)
  • Gloriya Iyeromazzo (Dominikan Respublikasi, «Jangcy L»)
  • Viktoriya Greyvenshteyn (JAR, «Jodcasall A-Z»)
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102800 | Инструменты