Huawei 1
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Nasimdjanov Yunusjon Zoxidovich Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Uni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi bilan mutasaddi idora vakillariga tanishtirgan

Yunusjon Nasimdjanov 1967-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 1991-yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 1997-yilda Toshkent moliya institutini “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Yunusjon Nasimdjanov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yunusjon Nasimdjanov soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 1993-yilda Toshkent shahar Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasi Davlat korxonalariga soliq solish bo‘limi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan.

Y.Nasimdjanov soliq organlaridagi uzoq yillik faoliyati davomida Farg‘ona va Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent shahar Yashnobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlarida ham ishlagan.

Shuningdek, u Yunusjon Zoxidovich soliq xizmatining I darajali maslahatchisi hisoblanadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62410 | Инструменты