Huawei 1
Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd 2025-yildan qatnay boshlaydi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashning 81-yig‘ilishi doirasida  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.Narzullaev va "Qirg‘iz temir yo‘li" davlat korxonasi rahbari Azamat Sakiev o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yuk tashish hajmlarini oshirish va tarif chegirmalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida asosiy yuklar — ko‘mir, sement va boshqa mahsulotlarni tashishda “Temiryo‘lkargo” AJ yuk vagon parklaridan foydalanish hamda tarozi xo‘jaligi ob’yektlarini ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, 2025 yil yozida “Toshkent-Ribache” yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. Bu yo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasida turizm aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston temir yo‘l xodimlarini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markazlarida malakasini oshirish masalasi ham muhokama qilindi va ushbu yo‘nalishda o‘quv dasturlarini tashkil etishga kelishildi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120613 | Инструменты