Huawei 1
Turkiya elchisi O'zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkiya elchisi Olgan Bekarni qabul qildi. 

"Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar janoblari bilan uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Rahbarlarimiz o'rtasida o'rnatilgan birodarlik rishtalari har bir sohada yaqin hamkorlik uchun eng mustahkam poydevor yaratmoqda. O'zbekiston–Turkiya qardoshlik munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qo'shgan janob Elchiga samimiy minnatdorligimizni bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Eslatib o'tamiz, Olgan Bekar 2021-yil 5-mart kuni O'zbekiston TIVga Turkiyaning mamlakatimizdagi elchisi sifatidagi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32913 | Инструменты