Ulug‘bek Lapasov O‘zbekistonning Kubadagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
20-noyabr kuni u Kuba prezidenti Migel Mario Dias-Kanel Bermudesga ishonch yorliqlarini topshirdi. Suhbat chog‘ida Migel Bermudes Kuba O‘zbekiston bilan do‘stlik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan munosabatlarni qadrlashini ta’kidlagan.
Shuningdek, Kuba hukumatining Toshkent bilan siyosiy muloqotni faollashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashdan yuqori manfaatdorligini qayd etgan.
Ulug‘bek Lapasov 2023-yil avgustidan buyon O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili sifatida ishlab kelmoqda. Undan avval O‘zbekistonning Jenevadagi bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi O‘zbekistonning doimiy vakili bo‘lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112119 | Инструменты