Huawei 1
Uyg‘un Gʻafurov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Uyg‘un Gʻafurov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

2021 yil 25 maydagi davlat rahbarining maxsus topshirig‘i va tegishli qaroriga asosan, prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov bir vaqtda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajarib keldi.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ta’lim va tarbiya jarayonini xalqaro andozalar asosida tashkil etish, o‘quv samaradorligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Uyg‘un Gʻafurov bundan avval Toshkent islom instituti rektori, shu kunga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81500 | Инструменты