Huawei 1
Xalqaro mehnat tashkilotining yana bir muhim konvensiyasi ratifikatsiya qilinmoqda

Joriy yilning 21-sentyabr kuni Senatning ellik yettinchi yalpi majlisida “Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda ishlab chiqarish muhiti to‘g‘risidagi 155-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981-yil 22-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, bugungi kunga qadar Konvensiya 75 ta davlat, shu jumladan, MDHga aʼzo davlatlar orasida Rossiya, Belarus, Ukraina, Tojikiston Qozog‘iston va Ozarbayjon tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Konvensiyada mehnat faoliyati jarayonida va ishlab chiqarish muhitida mehnat xavfsizligi va gigiyenasini taʼminlash, shu jumladan, ish joyida yoki ish vaqtida ishchi va xodimlarning sog‘lig‘iga zarar yetishi bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalar yoxud xavflarning oldini olishga qaratilgan talablarni yana-da kuchaytirish nazarda tutilgan. 

Senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro mehnat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik rivojlanib borayotgani, milliy mehnat qonunchiligining xalqaro mehnat standartlariga javob berishini hisobga olgan holda mazkur Konvensiyani ratifikatsiya qilish maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.

Taʼkidlanganidek, Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi kelgusida  sohadagi milliy qonunchilikni hamda Xalqaro mehnat tashkilotining hujjatlarida belgilangan mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga oid meʼyorlarni takomillashtirishga, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonidagi baxtsiz hodisalar, kasbiy kasalliklar, ish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan xalqaro standartlarni samarali joriy etishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92114 | Инструменты