Huawei 1
Litvalik yurist Belarus foydasiga josuslik qilgani uchun 9 yilga qamaldi

Vilnyus okrug sudi 20 sentabr, juma kuni litvalik advokat Mantas Daniyelyusni Belarus foydasiga josuslik va o‘z ishi bo‘yicha guvohga bosim o‘tkazishga urinishda aybdor deb topib, 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Ayblov tomoniga ko‘ra, advokat 2022 yildan beri Belarus razvedka xizmatlari uchun ma’lumot to‘plagan va uni Belarus davlat telekanali jurnalisti Kseniya Lebedevaga bergan. Litvaning Delfi nashri xabar qilishicha, targ‘ibotchi Litvadagi Belarus muxolifat tashkilotlari, siyosiy qochqinlarni evakuatsiya qilish yo‘llari, shuningdek, Kastus Kalinovskiy nomidagi polk askarlarini ta’minlash va tayyorlash haqidagi ma’lumotga qiziqqan. Ikkinchi ayblov Daniyelyusga sud boshlanishidan oldin guvohlardan birini «boltani charxlayman» deb qo‘rqitgani uchun qo‘yildi.

Mantas Daniyelyus 2022 yil sentabrida Belarusga qochib ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan edi. Prokuror uni 11 yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qildi. Hukm yakuniy emas va Litva apellyatsiya sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Daniyelyus o‘z aybini inkor etdi va unga qo‘yilgan ayblovlar taxminlarga asoslanishini aytib, oqlanishga umid qilmoqda.

Bundan avval Mantas Daniyelyus hujjatlarni qalbakilashtirishda gumonlanib sudlangan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92116 | Инструменты