Bugun xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Yaxshiboyev egallab turgan lavozimidan ozod qilingani munosabati bilan Bog‘ot tumani hokimi lavozimiga Nazarov Jahongir Baxromovich nomzodini tavsiya etdi.
Muzokaralardan keyin deputatlar nomzodni bir ovozdan ma’qulladilar. Yangi lavozimga tasdiqlangunga qadar Nazarov Jahongir Baxromovich Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Egamov Boburbek Davlatnazarovich - Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30708 | Инструменты