Rustam Qosimjonov O‘zbekiston shaxmat terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

Xalqaro grossmeyster, 2004 yilgi FIDE Jahon chempioni Rustam Qosimjonov O‘zbekiston erkaklar shaxmat milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, uning oldiga milliy jamoaning xalqaro maydondagi barqaror natijalarini mustahkamlash, yoshlar uchun zamonaviy tayyorgarlik tizimini yo‘lga qo‘yish, jamoani yirik musobaqalarga sifatli tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.

Rustam Mashruqovich Qosimjonov 1979 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2004 yilgi FIDE jahon chempionatida sensatsion g‘alabani qo‘lga kiritgan. «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni, Amir Temur ordeni bilan taqdirlangan.

Qosimjonov 2008-2012 yillardagi jahon chempionati o‘yinlarida hindistonlik grossmeyster Vishvanatan Anandning sekundant murabbiyi bo‘lib, uning g‘alabasiga yordamlashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102812 | Инструменты