Huawei 1
​​“FlyArystan” aviakompaniyasi Olma-otadan Samarqandga parvozlarni qayta tikladi

Uzoq tanaffusdan soʻng Qozogʻistonning “FlyArystan”loukoster aviakompaniyasi yana Olma-ota va Samarqandni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻladi.

18-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:34da bortida 171 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga qo‘ndi. An'anaga ko'ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Olma-ota — Samarqand — Olma-Ota yoʻnalishi boʻyicha parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

FlyArystan Qozog'istonning arzon aviatashuvchisi bo'lib, shtab-kvartirasi Olma-otada joylashgan. Kompaniya Qozog'istondagi eng yirik “Air Astana” aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111616 | Инструменты