Joriy yil 14-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da hojilarning bir guruhi Toshkentga qaytdi. Ular 245 nafar bo'lib, Jiddadan O'zbekistongacha “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasining samolyotida Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Ziyoratchilar maxsus avtobuslarda “Novza” jome masjidiga yetkazildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi ularning yaqinlariga terminal va aeroport oldi hududlarida tirbandliklarni oldini olish maqsadida "Novza" jome masjidi oldida kutib olishni tavsiya qilmoqda.
14-31-iyul kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukusga jami 45 ta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10404 | Инструменты