Huawei 1
“Afrosiyob”ning Kattaqo‘rg‘on bekati tashkil etiladi

“Afrosiyob”ning Kattaqo‘rg‘on bekati tashkil etiladi. Bu davlat rahbarining 2024 yil 29 noyabrda qabul qilgan “Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini  yana-da rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Samarqand viloyatining tuman (shahar)larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”da ko‘zda tutilgan.

Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga 2025 yilda “Afrosiyob” poyezdining “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishida Kattaqo‘rg‘on punktiga to‘xtab o‘tishini hamda “Samarqand – Kattaqo‘rg‘on” elektr poyezdi yo‘nalishlarini tashkil etish vazifalari topshirilgan.

Shuningdek, “Bulung‘ur – Samarqand shahri - Juma – Kattaqo‘rg‘on shahri” yo‘nalishida elektr poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Buning uchun zamonaviy poyezd vagonlari olib kelish, oraliq to‘xtash temiryo‘l bekatlari infratuzilmasini yaxshilash rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10521 | Инструменты