Prezidentning 2024 yil 27 dekabrdagi PF-230-son farmoni bilan o‘tgan yili 12 avgustda qabul qilingan ish haqi, pensiya va nafaqalarni oshirishga doir 108-son farmonga tegishlicha o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.
Unga ko‘ra, endilikda byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari bilan birgalikda farmatsevtika xodimlarining ham oylik maoshlari 15 foizga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, PF-108-son farmonda 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, “Mehribonlik” va Bolalar uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdorini 15 foizga oshirish belgilangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10522 | Инструменты