Huawei 1
3-yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Energetika vazirligi: Vazirlar Mahkamasining 894-son qarori talablari noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Qoidalarning 85-bandida maishiy isteʼmolchilar ko‘zda tutilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Elektr energiyasi isteʼmoli 200 kilovattdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 so‘m emas, 540 so‘mdan to‘lanadi” mazmunida noto‘g‘ri maʼlumot aylanmoqda.

Energetika vaziri o‘rinbosari elektromobil stansiyalarining tarmoqdan uzilganiga izoh berdi

O‘zbekistonda elektromobillarni aholi xonadonlarida quvvatlantirish uchun alohida tariflar joriy etish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda.

2025-yil hisobidan ilk WBA reytingi eʼlon qilindi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yanvar oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi. Ushbu reytingdan 6 bokschimiz o‘rin olgan bo‘lib, Murodjon Ahmadaliyev vaqtinchalik chempion sifatida qayd etilgan. Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

AES direksiyasi rahbari: AES qurilishi loyihasi jarayonida Toshkent va Jizzaxda jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasi jarayonida Toshkent va Jizzax viloyatlarida jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zatom agentligi Atom elektr stansiyasini qurish direksiyasi direktori Otabek Amanov aytib o‘tdi.

Buxoroda 12 yoshli qiz homilador bo‘lib qolgani aniqlandi

Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilyotgani, qo‘shimcha maʼlumot berilishini maʼlum qildi.

Surxondaryoda bodom gulladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Yuqori Toʻpalang" milliy tabiat  bog'i hududida qish sovug‘i hukm surayotgan bir paytda achchiq bodom daraxti gulladi.

“Mahalla loyihasi” dasturiga 1 milliard dollar yo‘naltirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga yangi - 2025-yil munosabati bilan qutlovlar kelishi davom etmoqda

Kirib kelgan yangi - 2025-yil munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat va din arboblaridan samimiy tabrik va tilaklar kelmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Nyu Orleandagi hodisa munosabati bilan AQSH prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Orlean shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Baydenga taʼziya maktubi yo‘lladi.

Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun iqtisodiyotni izchil rivojlantirishga xizmat qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida axborot berildi.

O‘rmon xo‘jaligi agentligiga yangi direktor tayinlandi

Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligiga Erkin Muhitdinov direktor etib tayinlandi.

G‘ayrat Do‘stov sud zalidan ozod qilindi

Toshkent shahar sudining qarori bilan birinchi instansiya sudining qarori o‘zgartirildi va ma’muriy qamoq jazo chorasi 15 sutkadan 8 sutkaga kamaytirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10522 | Инструменты