"Vaqf" xayriya fondi kam daromadli masjid imom-xatiblariga  qancha maosh to'laganini ochiqladi

 “Vaqf” xayriya fondi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, ️oʻtgan vaqt mobaynida fond 6 milliard 976 million  soʻmdan ziyod mablagʻlar maosh sifatida toʻlab berilgan. Bu haqda AOKA da o'tgan brifing davomida ma'lum qilingan. 

 Keltirilishicha, ularga 2018-yildan uzluksiz oylik maosh tayinlangan hamda pandemiya davrida respublikamizdagi 2090 dan ortiq masjidda mehnat qilayotgan imom-xatib, imom noibi, mutavalli, muazzin, qorovul va boshqa texnik xodimlarning barchalariga moddiy yordam uchun 65 milliard 873 million soʻm xayriya sifatida ajratilgan.

Umumiy hisobda fond oʻz faoliyatini boshlagandan bugunga qadar jami 74 944 873 000 soʻm mablagʻni masjidlar qurilishi, taʼmirlanishi, texnik taʼminot va xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun xayriya sifatida yoʻnaltirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51419 | Инструменты