Yo'lovchi poyezdlarda qo‘shimcha servis xizmatlarini joriy etish, ularni yanada rivojlantirish, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, modernizatsiya qilish, yangi elektropoyezdlarni xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga moslashtirishni hisobga olgan holda chiptalar narxiga o'zgartirishlar kiritilmoqda.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ 2024-yilning 1-iyul sanasidan mahalliy yo'nalishlardagi yo'lovchi poyezdlar — “Nasaf”, “Sharq”, “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25% ga oshirilishini ma'lum qildi.
Misol tariqasida, 12, 4-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi avvalgi narxlari:
ekonom — 150 600, biznes 218 244 so‘m. Hozirgi narx: ekonom — 178 250, biznes — 262 805 so'mni tashkil qilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11009 | Инструменты