Huawei 1
Bayden Kaliforniyadagi yong‘inlar sababli oxirgi xorijiy safarini bekor qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rim va Vatikanga rejalashtirilgan safarini Kaliforniyadagi yong‘inlar sababli bekor qildi, deb xabar berdi AP.

Italiyaga tashrif Baydenning prezident sifatidagi so‘nggi xorijiy safari bo‘lishi kerak edi. U 9 yanvar kuni marhum sobiq prezident Jimmi Karter xotirasiga bag‘ishlangan marosimda nutq so‘zlagandan so‘ng, Italiyaga uchib ketishi kerak edi. Uch kunlik tashrif davomida Bayden Italiya prezidenti Serjo Mattarella va bosh vazir Jorja Meloni, shuningdek, Rim papasi bilan uchrashishi rejalashtirilgan edi.

Los-Anjyeles hududida boshlangan yong‘inlar bu rejani o‘zgartirdi. Bayden 8 yanvar kuni Kaliforniya gubernatori bilan uchrashish uchun Los-Anjyelesga yo‘l oldi va Vashingtonga qaytganidan keyin xorijiy safarini bekor qildi.

Shuningdek, Los-Anjyelesga tashrifidan so‘ng Bayden gubernator Gevin Nyusom iltimosiga ko‘ra, favqulodda holat e’lon qildi. Bu vaqtinchalik uy-joy va uylarni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish, shuningdek, yong‘inda jabrlanganlar uchun sug‘urtalanmagan mulkiy yo‘qotishlarni qoplash maqsadida arzon kreditlar bilan ta’minlash imkonini beradi.

«Biz Janubiy Kaliforniyadagi yong‘inlarni to‘xtatish va tiklanishga yordam berish uchun hamma narsani qilishga tayyormiz. Ammo biz bilamizki, bu juda uzoq yo‘l bo‘ladi. Federal hukumat sizga kerak bo‘lgan vaqtgacha qolish uchun shu yerda», dedi Bayden.

AQSh prezidenti Jo Baydenning vakolati 2025 yil 20 yanvar kuni yakunlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11006 | Инструменты