Huawei 1
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “SQB faktoring” kompaniyasi va “SQB mikromoliyalashtirish tashkiloti” tashkil etildi

O‘zsanoatqurilishbank tizimida mikromoliya va faktoring xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentimiz tomonidan banklar zimmasiga aholini tadbirkorlikka jalb qilib, daromadini oshirish hamda kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida berilayotgan topshiriqlar sohadagi muammolarni hal etish va yangi qulayliklar yaratishga keng yo‘l ochmoqda. 

Mikromoliya xizmatlarini kengaytirish va faktoringni ommalashtirishga qaratilgan vazifalar shular sirasiga kiradi.

O‘zsanoatqurilishbank tizimida tashkil qilingan “SQB faktoring” kompaniyasi hamda “SQB mikoromoliyalashtirish tashkiloti” aholi va tadbirkorlar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratadi.

Xususan, “SQB faktoring” kompaniyasi tomonidan tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlarda faktoring xizmatlari ko‘rsatilib, ular mablag‘larini samarali boshqarishga yordam beriladi.

“SQB mikromoliyalashtirish tashkiloti” tomonidan esa, aholi va tadbirkorlarning talab va istaklariga ko‘ra moslashuvchan moliyaviy resurslar taqdim etilib, qisqa muddatda zarur mablag‘lar bilan ta’minlanishiga hissa qo‘shiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11004 | Инструменты