Armaniston hukumati Yevropa ittifoqiga kirish jarayonini boshlash haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
Armeniya News nashrining yozishicha, Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan qonun loyihasini taqdim etar ekan, bu fuqarolik tashabbusi ekanligini ta‘kidladi.
Avvalroq mazkur qonun loyihasi 50 mingdan ortiq imzo to‘plagani ma’lum qilingandi.
U hukumatni “ijobiy pozitsiyani bildirishga” chaqirdi, chunki so‘nggi yillarda Armaniston va Yevropa ittifoqi o‘rtasida “juda qizg‘in va dinamik” munosabatlar rivojlandi. Bundan tashqari, Yevropa ittifoqi ham Armanistonning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Milliy assambleya (parlament) tomonidan hali ovozga qo‘yilmagan qonun loyihasi Yevropa Ittifoqiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni anglatmaydi: bu masala faqat referendum orqali hal qilinishi mumkin.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ta’kidlaganidek, hukumat o‘z qarori bilan fuqarolik tashabbusiga “e’tiroz bildirmasligini” ko‘rsatdi.
“Qonun qabul qilingandan so‘ng biz Yevropa Ittifoqi bilan ular tasavvur qiladigan va biz tasavvur qiladigan yo‘l xaritasini muhokama qilishimiz kerak”, dedi Pashinyan.
Armanistonning bu qaroriga Rossiyaning munosabati qanday?
Kremlning ta’kidlashicha, Armanistonning Yevropa ittifoqiga qo‘shilishi uning suveren huquqidir, ammo bir vaqtning o‘zida ikki xil tashkilotga a’zo bo‘lish mumkin emas.
“Armanistonning Yevropa ittifoqiga aʼzo bo‘lishi nimani anglatadi, hozir aytish qiyin, chunki bir vaqtning o‘zida ikki xil tashkilotga aʼzo bo‘lish mumkin emas”, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Armanistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo ekaniga ishora qilib.
“Albatta, bu Armanistonning suveren huquqi, biz Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lish foydaliroq ekanini bilamiz”, deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Pashinyan va Lukashenko o‘rtasidagi kelishmovchilik
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan koronavirusga test natijasi ijobiy bo‘lgani sababli 26-dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlarining norasmiy sammitiga bormagandi. U yig‘ilsihda videoaloqa orqali qatnashdi.
Mazkir sammitda Lukashenko keyingi yig‘ilish va Yevrosiyo iqtisodiy forumini may oyi oxirida Minskda o‘tkazishni taklif qildi. Bunga javoban Pashinyan qarshi emasligini aytdi. Biroq u yig‘ilishda delegatsiyasi videokonferensiya tarzida qatnashishidan ogohlantirdi.
Sizda qanday muammo bor, Minskkacha uzoqmi yoki sizni olib boradigan odam yo‘qmi? Delegatsiyangizni yetkazib berishni tashkil qilamiz-ku, deya e’tiroz bildirdi Lukashenko.
Pashinyan bu masala yuzasidan ommaviy bayonot berganini aytdi. U Armanistondagi amaldorlarning Belarusga tashrif buyurishi taqiqlanganini nazarda tutdi.
Bu bayonot o‘z kuchida qolmoqda. Menimcha, bu masalalarni muhokama qilish uchun to‘g‘ri joy emas, dedi u.
Pashinyan Belarus prezidenti taklifiga munosabat bildirganini, hech qanday tushunmovchilik bo‘lishini istamasligini aytdi.
Xo‘p, biz sizning bayonotingizni ko‘rib chiqamiz, dedi Lukashenko.
Bunga javoban Pashinyan ko‘rib chiqadigan hech narsa yo‘qligini va umuman olganda Belarus prezidenti uning bayonotini ko‘rib chiqa olmasligini aytdi.
Mening bayonotim ko‘rib chiqilish vakolatingiz yo‘q, deya ta’kidladi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11004 | Инструменты