O'zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo'limi ushbu holat yuzasidan O'zbekiston fuqarolarini ogohlantirmoqda
Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi 2025-yil 1-senyabrdan boshlab 2029-yil 1-sentyabrgacha Moskva va Moskva viloyatida tajriba o'tkazish to'g'risidagi qonunni ma'qulladi.
O'zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo'limi telegram-kanali ma'lumotiga ko'ra, Rossiyaga vizasiz kelgan migrantlardan quyidagilar talab etiladi:
– ro'yxatdan o'tish;
– shaxsiy ma'lumotlarni, shu jumladan geolokatsiyani kuzatishga rozilik berish;
– Vaqtincha yashash manzili to'g'risida IIVni xabardor qilish.
Agar uch kun ichida geolokatsiya ma'lumotlari taqdim etilmasa, migrant nazoratdagi shaxslar reyestriga kiritilishi mumkin (RKL).
Eksperimentda quyidagi toifadagi shaxslar jalb etiladi:
– patent bilan ishlayotganlar;
– patentsiz ishlash huquqiga ega bo'lganlar (Belarus fuqarolaridan tashqari);
– kirish maqsadini o'zgartirganlar;
– 90 kundan ortiq bo'lgan, lekin ishlamaydiganlar.
Majburiy shartlar:
– Vaqtincha yashash manzili bo'yicha ro'yxatdan o'tish;
– daktiloskopiyadan o'tish;
– biometrik suratga olish;
– geolokatsiyani kuzatish.
Mazkur tajriba muvaffaqiyatli o'tsa, Rossiyaning boshqa hududlariga ham joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52509 | Инструменты