1-yanvardan boshlab bir qator ijtimoiy to‘lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi

2024-yil 1-yanvardan boshlab bir qator ijtimoiy to‘lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi:

- Yoshga oid nafaqa;

- Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;

- O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakiliga nafaqa;

- Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta);

- 1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa;

- Kam taʼminlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi;

- Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam;

- Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“Suyunchi puli”);

- Dafn qilish uchun nafaqa (“Dafn puli”) .

Bunda ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko‘rib chiqish, tayinlash va to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

Mazkur ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq barcha murojaatlarni tuman yoki shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari qabul qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50721 | Инструменты