TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Kechasi va kunduzi tuman tushishi mumkin. Yollarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1-3° iliq boʻladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunduzi ba’zi joylarda qor yog’adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yollarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 1-6° iliq bo‘ladi, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yollarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kuchli qor yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yollarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 53116 | Инструменты