Huawei 1
Isroil G‘azo shimolidan falastinliklarni majburan ko‘chirishni boshladi

Isroil armiyasi G‘azo sektori shimolida hududni doimiy ishg‘ol qilishga qaratilgan keng ko‘lamli harbiy operatsiya doirasida falastinliklarni majburan chiqarib yuborishga buyruq berdi. Bu haqda Isroil armiyasining rasmiy vakili Avichay Adrai maʼlum qildi.

U eʼlon qilgan xaritaga ko‘ra, chiziqning shimoliy qismidagi ikkita shahardagi beshta turar joy hududi evakuatsiya qilinishi kerak: Al-Atatra, Jabaliya al-Balad, Shujayya, Ad-Darej va Az-Zeytun. Armiya bu hududlarda harbiy amaliyotlarni kengaytirish va faollashtirish niyatida ekanligini maʼlum qildi.

Adrai falastinliklarni zudlik bilan hududlarni tark etib, g‘arbga yo‘l olishga chaqirdi.

Avvalroq Isroil harbiylari G‘azoni to‘liq va doimiy bosib olishga qaratilgan «Gidyon aravalari» deb nomlangan quruqlikdagi operatsiya boshlanganini eʼlon qilgan edi. Rejaga ko‘ra, falastinliklar eksklav janubidagi «yig‘ish lagerlari» deb ataladigan joyga majburan ko‘chiriladi.

Isroil matbuoti o‘tgan hafta armiya ikki oy ichida G‘azo sektorining 75 foizi ustidan nazorat o‘rnatishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60204 | Инструменты