Huawei 1
11-mart kuni O’zbekiston hududlari bo’ylab havo harorati +20 darajagacha ko’tariladi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51610 | Инструменты