Huawei 1
Meksikadagi daxshatli avariyada 21 kishi halok bo‘ldi

Meksikaning Oaxaka va Puebla shtatlarini bog‘lovchi avtomagistralda sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “Telemundo” xabar berdi.

Puebla shtatining Ichki ishlar departamenti rahbari Samuel Aguilar Pala bergan ma’lumotga ko‘ra, hodisa tush paytida yuz bergan va YTH qatnashchilari orasida yuk mashinasi, furgon hamda yo‘lovchi avtobusi ham bor.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uchta transport vositasi to‘qnashgan. Voqea joyida 18 kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi shifoxonada vafot etgan. Bir nechta jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, degan ichki ishlar vakili.

Hodisadan so‘ng Meksika Milliy gvardiyasi Oaxaka va Puebla o‘rtasidagi magistral yo‘lni to‘liq yopgan.

Avariya sabablari hozircha rasmiy ravishda qayd etilmagan. “Reuters” agentligining yozishicha, avariya yuk mashinasi boshqa transport vositasini quvib o‘tishga uringanida yuz bergan. 

Yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, avval avtobusga, so‘ngra furgonga borib urilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51600 | Инструменты