Huawei 2
13-17 yoshli o'smir qizlar orasida erta tug'ruq holatlari tahlil qilindi

Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan 13-17 yoshli o'smir qizlar orasida erta tug'ruq holatlari tahlil qilindi. Joriy yilning 6 oyi davomida 13 yoshli qizlar o'rtasida erta tug'ruq holatlari qayd qilinmagan.

Lekin, 14-17 yoshli o'smir qizlar orasida 84 ta tug'ruqlar qayd etildi. Xususan:

Toshkent viloyatida – 22 ta,

Samarqand viloyatida – 11 ta,

Toshkent shahrida – 9 ta,

Jizzax viloyatida – 7 ta,

Farg'ona viloyatida – 6 ta,

Andijon viloyatida – 5 ta,

Qashqadaryo viloyatida – 4 ta,

Qoraqalpog'iston Respublikasida –  3ta,

Buxoro viloyatida – 3 ta,

Sirdaryo viloyatida – 2 ta,

Surxondaryo viloyatida – 1 ta

Namangan viloyatida – 1 tadan erta tug'ruq holati qayd etilgan.

Ushbu salbiy holat 2019 yilning shu davriga nisbatan Qoraqalpog'istonda – 3 taga (66,7 foizga), Jizzaxda – 3 taga
(42,9 foizga), Toshkent shahrida – 2 taga (22,2 foizga) oshgan.

Erta tug'ruq holatlari:

2 nafari – 14 yosh,
9 nafari – 15 yosh,
23 nafari – 16 yosh,
40 nafari – 17 yosh.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga