Huawei 1
14-mart kuni O’zbekiston hududlari bo’ylab havo harorati +5 darajagacha iliydi. Ayrim joylarda yomg’ir qorga aylanishi mumkin

Bugun ertalab Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida, qolgan hududlarda kun davomida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba'zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-6° sovuq bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61001 | Инструменты