Huawei 1
16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlar endi 10 yilgacha qamaladi

Avvalroq, Oliy Majlis Senati ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish haqidagi qonunni qabul qilgani haqida xabar bergan edik.

Ma'lum qilinishicha, 2021-2022 yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ayollar va qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 72 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning qariyb 61 mingdan ko‘pi yoki qariyb 85 foizi oilada sodir etilgan.

Endilikda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni sodir etgan shaxslarning bolalarga ta’lim, tarbiya berish, shuningdek bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishini taqiqlash hamda bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ro‘yxatini yuritish ko‘zda tutilmoqda.

Qonun bilan quyidagi jinoyatlar uchun jazo choralari og‘irlashtirilmoqda:

Ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash (115-modda):

Taklif: 60 mln so‘mgacha jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.

Amalda: 15 mln so‘mgacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari).

Nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish (118, 119-moddalar):

Taklif: 1-qismi 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2-qismi 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Amalda: 1-qismi 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2-qismi 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish).

Shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish (121-modda):

Taklif: 1-qismi 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish, 3-qismi og‘irlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha qamoq ozodlikdan mahrum qilish.

Amalda: 1-qismi 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 2-qismi 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish).

16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish (128-modda):

Taklif: 1-qismi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish; 3-qismi 8-yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Amalda: 1-qismi 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 3-qismi 5-yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish).

16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish (129-modda):

Taklif: 1-qismi 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish. 3-qismi – agar o‘sha harakatlar zo‘rlik ishlatib yoki qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Amalda: 1-qismi 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 2-qismi 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish).

Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish (130-modda):

Taklif: 3-qism (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish) 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Amalda: 3-qism (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish) 3-qism 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122523 | Инструменты