Huawei 2
17-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi

Prezidentning "Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra, joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda ayrim yog‘ mahsulotlarini eksport qilishga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi

"Moyli urug‘larni qayta ishlovchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Sariosiyoda fuqaro aviatsiyasi faoliyati tiklanadi

Kelgusi yildan Sariosiyodan Samarqand va Toshkentga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish, Termizdan Istanbul, Farg‘ona, Buxoro va Xorazmga reyslarni ko‘paytirish topshirildi. Shuningdek, Termiz—Toshkent yo‘nalishida turistik vagon, Sariosiyo—Toshkent yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Markaziy bank 16 ta tijorat bankini jarimaga tortdi

Unga ko'ra, 21 ta tijorat bankiga nisbatan chora qo‘llanilib, bunda 16 ta tijorat bankidan jarimalar undirildi hamda 5 ta tijorat bankiga ogohlantirish berildi.

Toshkent xalqaro aeroportida unutib qoldirilgan yuklar sotilishi aytilgan xabarlar rad etildi

Uzbekistan Airports’ ma'lumotiga ko‘ra, yuklar omborlarda 3 oy mobaynida saqlanadi va keyinchalik utilizatsiya qilinadi.

Surxondaryoda yoshlarni sportga jalb qilish maqsadlari uchun 30 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Shavkat Mirziyoyev Termizda barpo etilgan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasini borib ko‘rdi. Davlat rahbari bu yerda joylashtirilgan korxonalar mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, bu viloyat yoshlarining sportga qobiliyati zo‘rligi, lekin ular shug‘ullanayotgan sport turlari cheklanib qolgani qayd etildi. Shu bois Surxondaryo yoshlarini sportga jalb qilish bo‘yicha 30 milliard so‘m yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Yaqin 20 yilda Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foiz kamayishi kutilmoqda

“Suv – tekin emas’, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish, uni mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar va keng jamoatchilik bilan birga kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa bo‘lishi lozim‘, — dedi prezident. Shuningdek, davlat rahbari mutasaddilarga suv yo‘qotilishi ko‘p bo‘lgan 6 ta kanalni ta’mirlash, 2024-yilda “Sherobod magistral” kanalini ta’mirlashga $60 mln jalb etib, 90 ming gektar yerlarni tiklash bo‘yicha topshiriq berildi.

Samarqandda voyaga yetmaganlar orasida sodir etilgan jinoyatlar soni 40 foizga ortgani ma'lum bo'ldi

Profilaktik tadbirlar davomida 39 nafar maktab o‘quvchisi pornografik, 58 nafari esa zo‘ravonlik yoki shafqatsizlikni targ‘ib etuvchi materiallar saqlagani aniqlangan.

O‘zbekiston Gollivud bilan hamkorlikda film suratga oladi

Umar Hayyom hayotiga bag‘ishlangan to‘liq metrajli badiiy film O‘zbekiston, Gollivud va Kanada kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinadi.

Poytaxtda avtomobillardan atmosferaga 403 ming tonna zararli moddalar chiqadi

Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan avtomobillar soni 700 mingdan oshgan. Bundan tashqari, poytaxtga har kuni qo‘shni shahar va viloyatlardan 150 mingga yaqin avtomobil kirib keladi. Natijada Toshkent shahrida avtomobillardan atmosferaga zararli moddalar chiqarilishi umumiy ko‘rsatkichning 93 foizini (403 ming tonnani), respublika bo‘yicha esa 58 foizini tashkil etadi.

6 kun ichida o‘zbekistonlik haydovchilar avtoraqam uchun 15,2 mlrd so‘m sarfladi

Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 5,8 mln so‘mni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 368,3 mln so‘mni tashkil qildi.

O'zbekistonda mast holda transport boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin

Tahlillarga ko‘ra, yo‘l harakati hodisalarining 50 foizi yo‘lovchilarning xatosi bilan sodir bo‘lmoqda. Shu bois ham yo‘lovchilarning, ham haydovchilarning masʼuliyati va madaniyatini oshirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga