1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi

Prezidentning 2023-yil 17-noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda

Yaʼni:

- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming so‘m;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so‘m;
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Prezidentning farmoni natijasida 4,5 mln kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori ko‘payadi va barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7% ga oshgan holda hisoblanadi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bazaviy hisoblash miqdori 1 dekabrdan 3% miqdorda (7% emas!) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda. Umuman olganda yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5% ga oshgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, yaʼni 13% ni tashkil etdi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты