2-apreldan Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari narxlari oshirildi

2-apreldan Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari narxlari oshiriladi. Bu haqda bog' ma'muriyati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunday qaror hayvonlarni parvarishlash va davolash xarajatlari o’shishi munosabati bilan qabul qilingan.

"Toshkent hayvonot bog’i o’z istiqomat qiluvchilarining farovonligi haqida tinimsiz g’amxo’rlik qiladi, ularning parvarishi, salomatligi va farovonligi uchun doimo sarmoya kiritadi. Biroq, bularning barchasi katta moliyaviy investitsiyalarni talab qiladi, ular narxlarning o’shishi bilan ortadi.

Bu qaror, shuningdek, chorva yemi narxining oshishi, kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, gaz, suv) narxining oshib ketishining o‘rnini qoplash va hayvonlarimizni parvarish qilishni yuqori darajada saqlash zarurati bilan bog‘liq.", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты