Huawei 1
2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

YTH sodir qilib, 5 bolani urib yuborgan va ulardan ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi sud zalida qamoqdan ozod qilingandi. Sud hukmiga ko‘ra, u “oliy ma’lumotli, ishli yigit” bo‘lgan. Oradan bir hafta o‘tib esa YTHda bir kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan, “ma’lumoti o‘rta-maxsus hamda ishsiz” haydovchiga ayni shu sudya hukmi bilan 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

Shundan keyin ikkinchi holat bo‘yicha sudlanuvchi R.Mirzahotamovga nisbatan hukmga Toshkent viloyat prokurori tomonidan kassatsiya protesti kiritilgandi.

Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning xabar berishicha, Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasida jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sudining R.Mirzahotamovga nisbatan 2024 yil 11 noyabrdagi hukmi bekor qilingan va yangi ayblov hukmi e’lon qilingan.

Hukmga ko‘ra, Mirzahotamov Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Mahkum jazoni manzil koloniyalarda o‘taydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122603 | Инструменты