Huawei 1
20-aprel kuni O’zbekiston hududlari bo’ylab havo harorati +32 darajagacha ko’tariladi

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq  bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29°, shimolda va cho‘l hududlarda 31-32° gacha bo‘ladi.

Poytaxtda  yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq  bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi (2000 m dan yuqorida) bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga