Huawei 1
20 ming so‘mdan arzon osh faqatgina Namanganda bor. Oktabr oyi uchun respublika hududlari bo'ylab 1 porsiya palovning o'rtacha narxi e'lon qilindi

Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari oktyabr oyi uchun e'lon qilindi. Unda ko'rishimiz mumkinki, oktyabrda birdaniga 8 ta hududda osh narxlari indeksi o‘zgartirilgan. Tayyor palovning o‘rtacha narxlari O‘zbekistonning yarim hududida ancha vaqtdan buyon o‘zgartirilmay kelinayotgan edi. Oktyabrda Toshkent shahrida osh narxi 29 ming so‘mligicha qolgan. Ushbu narx 4 oydan beri o‘zgarmagan.

Namanganda esa bir porsiya oshning narxi 19 800 so‘m. Bu 20 ming so‘mdan arzon O‘zbekistondagi yagona osh bo‘lib qoldi. Taʼkidlash lozimki, Namangan bo‘yicha osh indeksi 6 oydan buyon o‘zgarmagan.

1 porsiya oshning o‘rtacha narxi hududlar bo'yicha qandayligi bilan quyida tanishing:

- Qoraqalpog‘iston R. – 23 000 so‘m;

- Andijon viloyati – 23 600 so‘m;

- Buxoro viloyati – 28 200 so‘m;

- Jizzax viloyati –24 200 so‘m;

- Qashqadaryo viloyati – 25 800 so‘m;

- Navoiy viloyati – 22 400 so‘m;

- Namangan viloyati – 19 800 so‘m;

- Samarqand viloyati – 27 000 so‘m;

- Surxondaryo viloyati – 25 000 so‘m;

- Sirdaryo viloyati – 24 200 so‘m;

- Toshkent viloyati – 23 500 so‘m;

- Farg‘ona viloyati – 21 300 so‘m;

- Xorazm viloyati – 24 800 so‘m;

- Toshkent shahri – 29 000 so‘m. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52509 | Инструменты