2022-yil 1-iyuldan boshlab homilador, bola emizuvchi ayollar va 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan bepul ta'minlanadi
«Aholining sog'lom ovqatlanishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Prezident qarori imzolandi.
- Unga ko'ra, 2021 yil 1 iyundan boshlab 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
- 6 oylikdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar “A” vitamini bilan;
- 2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo'yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta'minlanadi;
- Shuningdek, 2022 yil 1 iyuldan boshlab homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan;
- 35 yoshgacha tug'ish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta'minlanadi;
Alpha version: 0.9.1.19 build 61008 | Инструменты