Huawei 1
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga 6,3 mingdan ziyod talabgor o‘qishga tavsiya etildi

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. 

Shundan:

- davlat granti — 3 238 nafar;
- to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Ma'lumot o'rnida, magistraturaga bu yil uchun 17,1 ming kvota ajratilgan edi. Kvotalarning katta qismi bo'sh qoldi. Xo'sh, bundan kelib chiqilsa, qishki qabul bo'ladimi? Bu bo'yicha hali vazirlik hech qanday tushuntirish bermadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50801 | Инструменты