Shuningdek, rivojlangan davlatlarning bino-inshootlar bo‘yicha qurilish xavfsizligi me’yorlari asosida yangi standartlarni joriy qilish, qurilishda montaj ishlarini baholash, tekshirish va qabul qilish tizimiga xususiy sektorni keng jalb qilish va boshqa ko‘plab ustuvor vazifalar qamrab olingan.
Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, O'zbekistonda qurilish ishlari hajmi 2016-yilga nisbatan deyarli 4,5 barobarga oshdi, ya’ni 2023-yilning 11 oyida 132 trillion so‘mdan oshdi (2016-yilda 230 trln.so‘m bo‘lgan).
2024-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun 14,6 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan. “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, respublika byudjetidan ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun 10 trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
2023-yil davomida ro‘yxatdan o‘tgan qurilish obyektlarida 56 ming marotaba nazorat ishlari amalga oshirilgan. Hududiy qurilish nazorati inspeksiyalari tomonidan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 52 mingta yozma ko‘rsatmalar berilib, 36 mingtasi bartaraf etilgan.
Qurilishda aniqlangan qonunbuzilishlar natijasida 5 mingdan ortiq mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilgan. 1 ming 257 ta obyektda qurilish-montaj ishlari to‘xtatilib, shundan 395 tasida buzdirish ishlari olib borilgan.
Mazkur raqam va ma’lumotlar “OʻzLiDeP PRESS KLUBI”ning qurilish sohasi muhokamalariga bag‘ishlangan sessiyasida aytib o‘tilgan edi.
Ta’kidlash joizki, respublika bo‘yicha qurilish ob’ektlari soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda qurilishlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb va ustuvor vazifalardan biridir.
Tahlillarga ko‘ra, qurilish ishlari hajmining oshib borishi natijasida qonunbuzilishlarning oldini olish, sifatli ob’ektlarni barpo etish, qurilgan binolarning insonlar uchun xavfsiz bo‘lishini ta’minlash masalalari tobora dolzarblashib boradi. Bu borada esa jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, qurilishlarning sifati va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82504 | Инструменты