Huawei 1
2024-yil dekabr oyi quruq bo‘ldi

2024 yilning dekabr oyini bulutli kunlari ko‘p bo‘lgan quruq va sovuq oy bo‘ldi deya ta’riflash mumkin.

Respublika hududining katta qismida dekabr oyining o‘rtacha oylik harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 1-2,5o ga past bo‘ldi. Faqat respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida harorat me’yorga yaqin bo‘ldi.

O‘zbekistonda sovuq dekabr oylari ham tez-tez kuzatilgan. Ushbu asrda 2002, 2006, 2011, 2012, 2020 va 2022 yillarning dekabr oylari sovuq (me’yordan 2-4o ga past) bo‘lgan.

Meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari boyicha eng sovuq, boshqa yillardagi sovuq dekabr oylaridan katta farq bilan (me’yordan 7-12!!! ga past) 1984 yil dekabr oyi bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston hududi bo‘yicha 2024 yil dekabr oyida bir qator sovuq havo massalari kirib kelishi kuzatildi. Sovuq havoning eng yuqori cho‘qqisida havo harorati kechalari 8-13osovuqqacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatining shimolida 15-17osovuqqacha, kunduz kunlari 0-5osovuqqacha pasaydi.

Dekabr oyida bunday sovuqlar har yili ham kuzatilmaydi. To‘g‘ri, sovuq havo oqimlar kirib keladi, biroq ular ko‘pincha qisqa muddatli (1 kechadan 3 kechagacha) bo‘ladi.

Ushbu asrda Toshkentda dekabr oyining eng past harorati 2023 yil dekabr oyida15,9osovuq (barcha kuzatuv yillari uchun mutlaq minimum 1930 yilda 29,5o sovuq) qayd etilgan. 2024 yilning dekabr oyida Toshkentda minimal harorat 9,4o sovuqni tashkil etdi.

2024 yilning dekabr oyida issiq va quyoshli kunlar soni juda kam – oyning o‘rtalarida va oxirida qisqa davrlarda kuzatildi.

Bunday kunlarda maksimal havo harorati 12-17o iliqqacha, eng chekka janubda 20o iliqqacha ko‘tarildi. Respublika shimolida, hatto eng iliq kunlarda ham harorat 7-10o iliqdan yuqori bo‘lmadi.

Toshkentda 2024 yilda dekabr oyining maksimal harorati 16,2o iliqni tashkil etgan bo‘lib, ushbu asrdagi eng yuqori dekabr oyi harorati esa 2021 yilda 23,4o iliq (barcha kuzatuv yillari uchun mutlaq maksimum 1915 yilda 27,3o) kuzatilgan edi.

2024 yil dekabr oyi quruq bo‘ldi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik dekabr oyi uchun oylik me’yordan 70% dan kam bo‘ldi. 

Tekislik hududlar bo‘yicha dekabr oyida yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida kuzatildi.

Asosan qor shaklidagi eng jadal yog‘ingarchiliklar 15 va 20 dekabr kunlari kuzatildi. Qor yog‘gandan so‘ng, tekislik hududlarda balandligi 2 sm dan 10 sm gacha, ba’zi joylarda 12-16 sm gacha bo‘lgan beqaror qor qoplami hosil bo‘lib, u bir necha kun saqlanib turgan.

Toshkent viloyati tog‘larida qor yog‘gandan so‘ng qor qoplamining maksimal balandligi 30-60 sm ga, Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlarida va Qamchiq dovoni hududida 15-25 sm ga yetgan.

Dekabr oyi oxiriga kelib, faqat Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qor qoplami balandligi o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlarga nisbatan 70-100% ga yetdi, boshqa tog‘li hududlarda me’yorning 30-60% ni tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10923 | Инструменты