Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 2024-yilning 10 oyi davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik – tuhmat qilishda ayblanib 2 ming 423 nafar fuqaro javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik – haqorat qilishda ayblanib 27 ming 928 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Oliy sud vakili ularning barchasiga jarima solinganini bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120322 | Инструменты