Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.I. fuqaro U.T.ning ishonchiga kirib, “Ota” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 2 gektar yer maydonini guyoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, yer maydonini 100 mln so‘mga sotishga kelishib, hujjatlarini keyinchalik rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, 100 mln so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Buxoro shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro J.R.ga Vobkent tumani “Latif Sobungar” MFY hududidagi 6 nafar fuqaroga dehqon xo‘jaligi yuritishi uchun ajratilgan 60 sotix yer maydonini go‘yoki o‘zi rahbarlik qilayotgan “Sh.O‘.” fermer xo‘jaligiga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 90 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32920 | Инструменты