Huawei 1
26-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi

O‘zbekistonda Ramazon hayiti bayrami 30-mart kuni nishonlanadi. Hayitning birinchi kuni 2025-yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart — dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Odam o‘lishiga sabab bo‘lgan tarzda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Shuningdek, qonunchilikni buzgan holda ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq jinoyatni birinchi marta sodir etgan hamda amalga oshirilgan o‘zgartirish yoki buzilishlarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan shaxs javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.

O‘zbekistonning San-Marinodagi yangi elchisi tayinlandi

Abat Fayzullayev qarorgohi Rimda joylashgan mazkur davlat rahbarlariga ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekiston brendi dunyo davlatlari orasida 55-o‘rinda qayd etildi

AQSh, Xitoy va Germaniya dunyodagi eng qimmat brend davlatlar bo‘lib qolmoqda.

Bugun O‘zbekistondagi masjidlarda Qur’oni karimning xatmonalari bo‘ladi

26 mart kuni Qadr kechasi oqshomida 27 kun davomida 1700 dan ziyod masjidda  xushovoz qorilar tomonidan o‘qilgan Qur’oni karimning xatmonalari bo‘lib o‘tadi.

Chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Farmonga ko'ra, Namangan va Toshkent viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizatsiya qilish (yoqish) bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan 19,87 gektar yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.

“Taxtaqoracha” dovonida ayrim transportlarning harakatlanishi taqiqlandi

“Taxtaqoracha” dovonida yuk va yo‘lovchi tashuvchi ayrim transportlarning harakatlanishi vaqtincha taqiqlandi.

Toshkent viloyatida mahkum qiynoqqa solindi

Mahkum olti kun davomida asossiz ravishda intizomiy bo‘linmada saqlanib, uning huquqlari va erkinliklari buzilgan. Shu sababli, Ombudsman tomonidan qonun talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlarga chora ko‘rilishini so‘rab Bosh prokuraturaga nazorat xati kiritildi.

Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

Mazkur mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeini suiisteʼmol qilib, Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan binolarning eskiz loyihasini tasdiqlash, yong‘indan avtomatik tarzda xabar beruvchi qurilmalar bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni imzolash hamda yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan binolarni Davlat qabul komissiyasiga foydalanishga topshirilishida ijobiy xulosa berish evaziga doimiy ravishda tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelgan.

Toshkent viloyatining ayrim hududlarida qor ko‘chish xavfi eʼlon qilindi

26-28-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32920 | Инструменты