Huawei 1
2024-yilda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 56,2 trln so‘mga yetdi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 56 174,2 mlrd so‘m darajasida qayd etildi.

Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 25,8 % ga o‘sgan.

Yillar kesimida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi (yanvar-dekabr):

— 2020 yil – 13,8 trln so‘m;

— 2021 yil – 17,7 trln so‘m;

— 2022 yil – 24,5 trln so‘m;

— 2023 yil – 39,1 trln so‘m;

— 2024 yil – 56,2 trln so‘m.

Avvalroq, 2024-yilda O‘zbekistonda axborot va aloqa sohasida 36,9 trln so‘m qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu yalpi ichki mahsulot tarkibida 2,7 % ni tashkil etgani haqida xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20720 | Инструменты