Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda axborot va aloqa sohasida 36,9 trln so‘m qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu yalpi ichki mahsulot tarkibida 2,7 % ni tashkil etgan.
Yalpi ichki mahsulot tarkibida axborot va aloqa sohasining ulushi o‘tgan yilga nisbatan 0,4 % ga oshgan.
Axborot va aloqa sohasining yalpi hududiy mahsulot tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida (10,3 %) kuzatilgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 6,5 % ga o‘sgani haqida xabar bergan edik. 2024-yilda aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 39,1 mln so‘mni tashkil etib, 2023-yil bilan taqqoslaganda 4,4 % ga oshgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20513 | Инструменты