Huawei 1
2024-yilda soliq tushumlari 199 trln so’mdan oshdi

Soliq organlari tomonidan 2024-yilda respublika bo‘yicha budjetga 199,6 trln so‘m tushumlar ta’minlandi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,3%ga ko‘p.  

Soliq turlari kesimida tushum (2023-yilga nisbatan o‘sish):

- foyda solig‘i - 52,7 trln so‘m (29,1%);

- QQS - 39,6 trln so‘m - (16,4%);

- JShODS - 35,4 trln so‘m - (18,3%);

- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq - 20,2 trln so‘m (31,8%);

- aksiz solig‘i - 17,8 trln so‘m - (17,4%);

- soliqsiz tushumlar* - 15 trln so‘m (o'sish kuzatilmagan);

- yer solig‘i - 8,2 trln so‘m (19,2%);

- mol-mulk solig‘i - 6,8 trln so‘m (33,5%);

- AOS - 2,8 trln so‘m (17,6%);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 1,2 trln so‘m (48,3%).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10817 | Инструменты