Huawei 1
Tanlovlarda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etganligi aniqlandi

OAVda AT “Xalq banki” tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarda o‘zaro affillangan shaxslarga tegishli tadbirkorlik subyektlari ishtirok etganiga oid eʼlon qilingan materiallar o‘rganib chiqildi.

O‘rganishda tanlovlarda ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlari —  g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Chinor” xususiy korxonasi va “Toshkent-Termiz-Qurilish” MCHJ haqiqatan ham o‘zaro affillangan shaxslarga tegishli ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi.  

Mazkur davlat xaridlari “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga zid ravishda o‘tkazilgan.

Agentlik tomonidan yuqoridagi qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida oldini olish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdimnoma kiritildi.

Shuningdek, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10909 | Инструменты