Huawei 1
YHXX radardan kelgan "shtraf"ni bitta telefon orqali o‘chirtirsa bo‘lishi haqidagi xabarni rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Endi radardan kelgan shtrafni bitta telefon orqali o‘chirtirsa bo‘ladi" sarlavhali xabar tarqaldi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko'ra, ushbu xabar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar YHXB Ekspluatatsiya-montaj bo‘limi dispetcherlik xizmatining 71 294 29 82 telefon raqami fuqarolarga ishlamayotgan svetoforlar, o‘chib ketgan (noto‘g‘ri chizilgan) yo‘l chiziqlari, to‘silib qolgan (noto‘g‘ri o‘rnatilgan) yo‘l belgilari singari yo‘ldagi kamchiliklarga duch kelgan taqdirda murojaat qilishlari uchun joriy etilgan.

"Ijtimoiy tarmoqlardagi jurnalist va blogerlar shuningdek, telegram kanal adminlaridan asoslantirilmagan yolg‘on xabarlar bilan tarmoq foydalanuvchilarini chalg‘itmasliklarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10909 | Инструменты